Shu kunlarda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar (Erol Özvar) boshchiligida kengash a’zolari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Delegatsiya bilan ilk uchrashuv ikki mamlakatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bugun Oliy ta’lim vazirligi miqyosida O‘zbekiston-Turkiya 20 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida ikki mamlakatning oliy ta’lim tizimlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni yangi bosqichga ko‘tarish imkoniyatlari muhokama etildi.